Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 13-mavzu Davlat tuzumi. XVII asrda Angliya cheklangan monarxiya davlati edi. Davlat boshlig'i qirol bo'lib, hukumatni parlament saylovida g'olib chiqqan ikki siyosiy partiyadan biri tuzgan. 1707- yilda parlament Angliya va Shotlandiya o'rtasidagi uniyani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo'ldi. 1716- yilda parlament vakolati 6 yillik qilib belgilandi. Shu tariqa professional parlamentga asos solindi. Tashqi siyosat. Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosatini ikki bosh yo'nalish belgilab bergan. Ularning birinchisi - Yevropaqit'asida hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga yo'l qo'ymaslik bo'lsa, ikkinchisi - yangi-yangi mustamlakalar egallash edi. XVII asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya bo'ldi. Ikki davlat o'rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan urush (1701-1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Unga ko'ra, Gibraltar Buyuk Britaniyaga o'tdi. Butun XVII asr Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg'in kurashi ostida kechdi. Bu kurash hatto «ikkinchi yuz yillik urush» deb ham ataldi. 1763- yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Hindistonni egallash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar. Buyuk Britaniya qishloq xo'jaligida ham tub o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, barcha yerlar yirik mulkdorlar qo'lida to'plandi. Qishloq xo'jaligida faqat yollanma mehnat qo'llaniladigan bo'ldi. Feodallar va dehqonlar sinf sifatida butunlay barham topdi. Sanoat. Sanoat - mamlakat xo'jaligining mashina texnikasi asosida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yer osti boyliklarini qazib olish bilan shug'ullanuvchi tarmog'i. Yengil sanoat esa sanoatning keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigan tarmog'idir. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, gazlama mahsulotlari ishlab chiqarish bunga misol bo'la oladi. Sanoat to'ntarishi uchun shart-sharoitning yetilishi. Sanoat to'ntarishi deyilganda, qo'l mehnatiga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx