8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi

8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi - rasmi

Material tavsifi

Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 15-mavzu Inqilobning sabablari. XVII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o'rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo'jaligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. XVII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat inqilobi yuz bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba kunigina korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi. Inqilobning boshlanishi. Vaziyat inqilob yuz berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1789- yilda General shtatlarini chaqirdi. 1789- yilning 17- iyunida uchinchi toifa deputatlari o'zlarini butun millat vakillari deb e'lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament - Milliy Kengash tuzdilar. 9- iyulda Milliy Kengash o'zini «Ta'sis majlisi» deb e'lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14- iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat qamoqxonasi) egallandi. Qattiq qo'rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo'ldi. U Ta'sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo'liga o'tdi. Feodal tartiblarning bekor qilinishi. Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o'rnatilishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni endi dehqonlar qo'zg'oloni qamrab oldi. Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi. 1789- yilda Ta'sis majlisi yana bir muhim hujjat - «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo'lib tug'iladilar» degan so'zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbai» deb e'lon qildi. Shuningdek, feodal va toifa imtiyozlarini bekor qildi. So'z, matbuot erkinligini e'lon qildi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 1791- yilda Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 25 yoshga to'lgan barcha erkak kishilarga saylash huquqini e'lon qildi. Konstitutsiyaga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 199 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga