8-sinf Jahon tarixi Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars taqdimot

8-sinf Jahon tarixi Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati 8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr o'rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma'lum bo'lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo'lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. U o'z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo'l ochishni maqsad qilib qo'ydi. Xristofor Kolumb Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo'l topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo'ydi. Nihoyat, 1492- yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo'li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shart- noma tuzishga muvaffaq bo'ldi. X.Kolumb ekspeditsiyasi 12- oktabr kuni Amerika qit'asidagi San-Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol)ga kelib tushdi. Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo'li ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keldi. Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P. Toskanellining xatosi oqibati edi. Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato, deb atadilar. Chunki P. Toskanelli yerning ekvator bo'ylab uzunligini aniqlashda 12 ming kilometrga adashgan edi. 1507- yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit'ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo'lgan. 1515- yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569- yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.15 MB
Ko'rishlar soni 598 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.15 MB
Ko'rishlar soni 598 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga