8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati

8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati - rasmi

Material tavsifi

Fransiyada Birinchi imperiya va uning haloqati 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 25-mavzu Fransiyada Birinchi imperiya. 1799- yilgi davlat to'ntarishidan so'ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi. 1802- yilda u o'zining umrbod konsul deb e'lon qilinishiga erishdi. 1804- yilda esa u Senatdan o'zini «Franso'zlar imperatori Napoleon I» deb e'lon qilinishini talab etdi va unga erishdi. Shu tariqa, Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Napoleon I Istilochilik urushlari. N. Bonapart katta istilochilik urushlari olib bordi. Chunonchi, 1805- yilda Avstriya poytaxti Vena ishg'ol etildi. 1806- yilda Prussiya poytaxti Berlinni egalladi. O'z g'alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga nisbatan qit'a qamali e'lon qilinganligi haqidagi dekretni imzoladi. Imperiyaning zaiflashuvi. Deyarli butun Yevropani bo'ysundirgan Napoleon Buyuk Britaniya va Rossiyani bo'ysundira olmadi. Buyuk Britaniya harbiy flotining g'oyatda qudratliligi Napoleonga qit'a qamali siyosatidan ko'zlangan maqsadiga erishish imkonini bermadi. Rossiya-Fransiya o'rtasidagi 1812- yil urushi. 1812- yilning 24- iyunida Napoleon armiyasi Rossiyaga hujum boshladi. Bu urush Rossiya uchun milliy mustaqillik urushi edi. Imperiyaning qulashi. Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya va boshqa davlatlardan iborat Yevropaning ittifoqchi davlatlari hamda Fransiya o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1813- yil oktabrda Leypsig ostonasida bo'lib o'tdi va bu jang tarixga «Xalqlar janggi» nomi bilan kirdi. Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi. Ittifoqchi davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVII Senatning qarori bilan taxtga o'tqazildi. Lyudovik XVII Napoleon 1815- yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo'shini ham Napoleon tomoniga o'tib Napoleon 20- mart ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.1 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.1 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga