8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Ilm-fan taraqqiyoti

8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Ilm-fan taraqqiyoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Ilm-fan taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 10-mavzu Ilm-fan taraqqiyoti Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar. XVI-XVII asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk olimlar Nikolay Kopernik (1473-1543), Jordano Bruno (1548-1600) va Galileo Galiley (1564-1642)lar yashab ijod qildilar. Nikolay Kopernik o'z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o'qidi. Tasviriy san'at, matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyot kabi fanlarni o'rgandi. Maxsus moslamalar yordamida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi. N. Kopernik o'z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi ta'limotdan voz kechdi. Yerning Quyosh va o'z o'qi atrofida aylanishini isbotlab berdi. Jordano Bruno. 1600- yil 17- fevral kuni Rim shahrida erkinlik va hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan italiyalik faylasuf, astronom va shoir Jordano Bruno gulxanda kuydirilib o'ldirildi. J. Bruno o'z qarashlarini «Nola falsafasi» deb atadi. Unda olamning cheksizligi to'g'risidagi ta'limot ilgari surildi. U bunday deb yozgan edi: «Olam cheksiz, o'lchovsiz, uning oxiri yo'q. Olam markazga ega emas. Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Inkvizitsiya uni gulxanda yoqib o'ldirishga hukm qildi. Keyingi avlod unga haykal o'rnatdi. Haykal ostiga esa: «U barcha xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi», deb yozib qo'yildi. Galileo Galiley. G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimi edi. G. Galiley o'z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro'yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.04 MB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.04 MB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga