Niderlandiya inqilobi 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 8-mavzu Niderlandiya haqida. Niderlandiya XVI asrda hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlaridan hamda Fransiyaning bir qismidan iborat bo'lgan. Antverpen shahri (hozirgi Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi edi. U, ayni paytda, jahon savdosining markazi ham bo'lgan. Antverpen Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog'lar edi. Qaramlikning oqibatlari. Ispaniya iqtisodiy jihatdan Niderlandiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda o'zining qoloq boshqaruv tartibini o'rnatdi. Niderlandiyada «isloh qilingan din» (protestantlik) tarqala boshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg'inlar uyushtirdi. Ispaniya zulmiga qarshi qo'zg'olon. Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to'xtata olmadi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari - burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlarning bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo'zg'olonga rahbarlik qildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo'zg'olonga aylandi. Qo'zg'olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo'lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi. Terror tartibining o'rnatilishi. Alba boshqaruv ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo'lladi. Qo'zg'olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli Filipp II gersog Alba boshchiligida saralangan qo'shin yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba Niderlandiya hukmdori Gollandiya Respublikasining tashkil topishi. Ispaniya istalgan vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun mamlakat shimolidagi viloyatlar 1579-yilda ittifoq tuzdilar. Bu ittifoq «Utrext uniyasi» deb ataldi. Uniya a'zolari xuddi yagona viloyat kabi ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx