8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XVI - XVIII asrlarda Hindiston

8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XVI - XVIII asrlarda Hindiston

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XVI - XVIII asrlarda Hindiston - rasmi

Material tavsifi

XVI - XVII asrlarda Hindiston 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 19-mavzu Boburiylar imperiyasining tashkil topishi. XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O'zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida Hindistondagi afg'on qabilalaridan chiqqan lo'diylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzo 1526- yilning 21- aprelida Panipat jangida Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor keltirdi. 27- aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o'qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o'zi bilan qolgan qo'shinga jogir tarqatdi. Bobur imperiya taxtida uch yil o'tirdi. 1530- yilda Boburning o'limidan so'ng imperiya taxti katta o'g'li Humoyunga o'tdi. Humoyun Imperiyadagi siyosiy ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytirishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg'on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur bo'ldi. Imperiya Akbarshoh davrida. Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo'lgan Humoyunning o'g'li Akbarshoh 1556- yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ko'zlab siyosat yuritdi. Akbarshoh Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo'lgan. Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. Oxir-oqibatda, bu kurashda 1627-1658- yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o'g'li Avrangzeb g'alaba qozondi. XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Avrangzeb U 1658- yilda Dehli shahrini egalladi va o'zini shoh deb e'lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658 - 1707) imperiya ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.08 MB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.08 MB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga