XVI - XVII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 22-mavzu Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo'lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiya bosib olgan hududlardagi yerlar ham davlat mulki deb e'lon qilingan. Sulton bu yerlarni o'z sipohlariga (oltiq askar) harbiy majburiyat evaziga taqsimlab bergan. Ayni paytda sipohlar zimmasiga harbiy harakatlarda qatnashish zarurati tug'ilganida sulton farmon bergani zahotiyoq sanjaqbey qo'mondaligida belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklatilgan. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qo'shini - yanicharlar (yangi qo'shin) shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bo'lgan. Bu omillar Usmonli turklar imperiyasiga keng ko'lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Usmonli turklar armiyasi Sulton Salim I 1514- yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qo'shinini tor-mor etdi. Sulton Salim I dastlab, Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517- yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Bu g'alaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yo'l ochdi. Sulton Salim I Ichki ahvol. Ekspluatatsiyaning tobora kuchayishidan tinka-madori qurigan dehqonlar shaharlarga, tog'larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maqsadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni majburan qaytarib olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqarishga majbur bo'ldi. Unga ko'ra, qochib borgan joyida 15, shaharlarda esa 20 yildan kam yashagan dehqonlar avvalgi joylariga majburan qaytariladigan bo'ldi. Bu aslida Yevropada hukm surgan krepostnoy huquqning Turkiyadagi o'ziga xos bir ko'rinishi edi. Yer egalarining zulmidan tinka-madori qurigan dehqonlar 1519- yilda qo'zg'olon ko'tardilar. Unga shayx Jalol rahbarlik qildi. Sulton Salim I qo'zg'olonni katta kuch bilangina bostira oldi. Dehqonlarning xonavayron bo'lishi va ko'plab qochib ketishi XVI ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.96 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.96 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx