8-sinf Jahon tarixi fanidan XVI-XVIII asrlarda Yaponiya dars taqdimot

8-sinf Jahon tarixi fanidan XVI-XVIII asrlarda Yaponiya dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi fanidan XVI-XVIII asrlarda Yaponiya dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

XVI - XVII asrlarda Yaponiya 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 21-mavzu Siyosiy ahvol. XVI asrda Yevropada yangi jamiyat - kapitalizmning tarkib topish jarayoni davom etayotgan bir sharoitda Osiyo davlatlarida hamon o'rta asr davri feodal jamiyati munosabatlari davom etardi. XVI asr boshlarida Yaponiya o'zaro ichki urushlar oqibatida amalda qator mayda-mayda davlatlarga bo'linib ketgan. O'zaro ichki urushlar faqat 1573- yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nobunaga rahbarlik qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nobunaga 1573- yilda Asikagani syogunlikdan mahrum etdi. Oda Nobunaga Yevropaliklarning kirib kelishi. XVI asrning 40- yillaridan boshlab Yaponiyaga birinchi bo'lib Portugaliya savdogarlari kirib keldilar. 1543- yilda portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to'g'risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga kirib kelishining eng ahamiyatli jihati, o'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Mendish Pintu yaponlarga o'qotar qurollar yasash san'atini o'rgatdi. Yaponiyani birlashtirish uchun kurashning davom etishi. 1582- yilda Oda Nobunaga fitna qurboni bo'ldi. Yaponiyani birlashtirish yo'lidagi ishni uning yaqin yordamchisi Toyotomi Xidayosi davom ettirdi. Toyotomi Xidayosi Xidayosi Yaponiyani to'la birlashtirishga erisha olmagan bo'lsada, bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xidayosi 1587- yilda barcha xristian ruhoniylarining Yaponiyani tark etishi haqida qonun chiqardi. Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi. 1598- yilda Xidayosi vafot etdi. Uzoq kurashlardan so'ng syogunlik hokimiyatini Tokugava Iayasu egalladi. Tokugava Iayasu Tokugava Xidayosining xristianlikni ta'qib etish siyosatini davom ettirdi. 1614- yilda syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 321 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 321 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga