8-sinf Jahon tarixi fanidan ochiq dars ishlanma. XVI-XVIII asrlarda Eron

8-sinf Jahon tarixi fanidan ochiq dars ishlanma. XVI-XVIII asrlarda Eron

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi fanidan ochiq dars ishlanma. XVI-XVIII asrlarda Eron - rasmi

Material tavsifi

XVI-XVII asrlarda Eron 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 23-mavzu Safaviylar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi. XV asr oxirida Eron markaziy hokimiyatga bo'ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo'linib ketgan edi. Safaviylar davlati Eronni yagona davlatga birlashtirishni hayotiy zaruratga aylantirib qo'ydi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga ega bo'lgan Adabiy shahri hukmdori, diniy rahnomalardan biri Ismoil Safaviy tomonidan uddalandi. Ismoil Safaviy Bu davlat tarkibiga Erondan tashqari Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Afg'oniston, janubiy sharqiy Iroq va boshqa hududlar kirgan. Tabriz shahri poytaxt etib belgilandi. Shoh Abbos I hukmronligi davri. Abbos I davrida (1587-1629) safaviylar davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishdi. U bunga Eronga qaram bo'lgan chekka o'lkalardagi eng yirik yer-mulk egalarining mustaqilligini tugatish hisobiga erishdi. Shoh Abbos I Abbos I bundan tashqari o'z qo'shinini har tomonlama mustahkamlashga ham alohida e'tibor berdi. 1602- yilda boshlangan Eron Turkiya urushida Eron g'alaba qozondi. Oqibatda Eron Kavkaz ortida mustahkamlanib oldi. Safaviylar davlatining barham topishi. XVII asrdan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlandi. Buning asosiy sababi, yer egaligining tiyul shakli miqdorining ko'payib borganligi oqibatida davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi edi. Afg'onlar istilosi. Iqtisodiy tushkunlik, o'z navbatida, siyosiy tushkunlikni ham keltirib chiqardi. Ya'ni, aholi turli tabaqalari orasida Safaviylardan norozilik kuchayib bordi. Ulardan biri afg'onlarning 1709- yilda ko'targan qo'zg'oloni bo'ldi. 1722- yilda afg'onlar o'z yetakchilari Mir Mahmud boshchiligida nurab qolgan Eronga hujum qildi. Eron shohi Sulton Husayn hokimiyatni Mir Mahmudga topshirishga majbur bo'ldi. Shu tariqa Eron tarixida afg'on istilosi davri boshlandi. Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi. Bu davrda Safaviylar sulolasi hukmronligi nomiga bo'lsa-da, hamon davom etardi. So'nggi hukmdor Taxmasp II amalda hech ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.47 MB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.47 MB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga