XVI-XVII asrlarda Xitoy 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 20-mavzu Siyosiy hayot. XVI asrda ham Xitoyda Min sulolasi hukmronlik qilardi. Bundan tashqari, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - dehqonlarni holdan toydiruvchi ijaraga yer olib ishlash tartibi hamon chuqur ildiz otganligicha qolavergan edi. Ijara haqi hosilning 50 foiz qismini tashkil etardi. Davlat hokimiyati amalda har qanday yangilikning ashaddiy dushmaniga aylangan. Buning ustiga, XVI asrga kelib davlat hamda dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo'liga o'tish jarayoni kuchaydi. Ijara shartining og'irligi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlarni xonavayron qila boshladi. Bu esa butun imperiya hududida dehqonlar qo'zg'oloni boshlanishiga olib keldi va bu qo'zg'olon butun mamlakatni qamrab oldi. Ichki siyosiy kurash. Dehqonlar qo'zg'olonining keng quloch yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish jarayonini kuchaytirdi. Imperator xonadoni turli xil ko'ngilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlarida keskin norozilik uyg'otdi. Manjurlar hukmronligi. XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xitoy uchun o'ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo'ldi. Bu imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi. Bu davlat hukmdori Abaxay davrida (1626 - 1643) Xitoy hududlarini bosib olishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Manjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636- yilda Abaxay o'zini imperator deb e'lon qildi. O'z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi. Min sulolasining haloqati. Mamlakatni dehqonlar qo'zg'oloni qamrab oldi. Dehqonlar qo'shinlarining yetakchilari barcha harbiy kuchlarni birlashtirdilar. Ularga Li Szi-chen qo'mondonlik qildi. 1643- yilda qo'zg'olonchilar harbiy kengashi Pekinga hujum boshlash haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator deb e'lon qilindi. Li Szi-chen Xitoyning janubi-g'arbiy qismida esa dehqonlar qo'zg'olonining yana ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.74 MB
Ko'rishlar soni
504 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.74 MB
Ko'rishlar soni
504 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx