Yangi davr boshlarida G'arbiy Yevropamamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot 8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 3-mavzu Aholi tarkibidagi o'zgarishlar. Yangi davr boshlarida G'arbiy Yevropamamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar jamiyatning hukmron tabaqalari bo'lib qolaverdilar. Jamiyat ijtimoiy hayotidagi eng muhim o'zgarishlardan yana biri burjuaziyaning soni va jamiyat hayotidagi o'rni ortib borishi bo'ldi. XVII asr o'rtalariga kelganda savdogar (negosiant) va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandilar. Jamiyat rivojlanishi bilan yollanib ishlovchilar qatlami ham shakllanib bordi. XVI--XVII asrlarda butun aholining 88 foizini dehqonlar tashkil etardi. Jamiyatda yollanib ishlovchilar soni ortib bordi. Savdoning rivojlanishi. XVI-XVII asrlarda savdo va tadbirkorlikning markazi bo'lgan shaharlarning o'sishi davom etdi. Bu esa, o'z navbatida, shaharda bozor savdosining o'sishiga olib keldi. XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi oqibatida savdo monopoliyalari vujudga keldi. Bu hodisa ham yangi davrning muhim belgilaridan biri edi. Jahon savdosi. Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig'ining markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini ham kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va hatto eng mashhur dvoryanlargacha hamma qaysidir bir kompaniyaning aksiyadori edilar. Hatto qirollar ham bundan mustasno emasdilar. Manufaktura ishlab chiqarishi. Dengiz savdosining rivojlanishi, Yangi Dunyo aholisining ko'payib borishi va u yerdan Yevropaga oltin hamda kumushlarning ko'plab miqdorda tashib keltirilishi hunarmandchilik mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Manufakturalar uchun maxsus binolar qurilishi boshlandi. Ularning har biri faqat bitta ishni bajarardi. Bu esa ishning tez va sifatli bajarilishini ta'min etardi. U yerda turli xil mutaxassislikdagi yollanma ishchilar mehnat qilardilar. Qurolsozlikdagi ixtirolar. XVI-XVII ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx