8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Yevropada reformatsiya Germaniyada dehqonlar urushi

8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Yevropada reformatsiya Germaniyada dehqonlar urushi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Yevropada reformatsiya Germaniyada dehqonlar urushi - rasmi

Material tavsifi

Yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi 8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 4-mavzu Reformatsiya haqida. Reformatsiya - XVI asrda katolik cherkovi ta'limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo'lib o'tgan va XVII asrning birinchi yarmida G'arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo'linish yuz berdi. Protestantlik Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim - protestantlik vujudga keldi Reformatsiyaning shart-sharoiti. XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo'lib olgan bo'lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo'lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta'siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya imperatorini saylab qo'yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Imperatorning esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan. Qolaversa, katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to'sig'iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi. Martin Lyuterning faoliyati. Reformatsiya 1517- yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Reformatsiyani knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qo'llab-quvvatladilar. Reformatsiya to'lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta'limoti katta ta'sir ko'rsatdi. U 1517- yili cherkov eshigiga o'zining dindorlarga qarata yozgan mashhur «95 tezis» deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo'ydi. Martin Lyuter Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qoralangan, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog'idan ozod etish talab etilgan, cherkovning esa «kam chiqim cherkov» bo'lishi yoqlangan edi. Martin Lyuterning «95 tezis»i butun Germaniyani to'lqinlantirib yubordi. Katolik cherkovidagi bo'linish. Reformatsiya natijasida Rim katolik cherkovida bo'linish yuz berdi. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.73 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.73 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga