O'zbekiston fani va madaniyati - g'alaba uchun xizmatda 10-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 19-mavzu Reja: O'zbek adabiyoti va san'ati fashizmga qarshi kurashda. O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. O'zbek adabiyoti va san'ati fashizmga qarshi kurashda. Urush yillarida O'zbekiston shoirlari, yozuvchilari, rassomlari, musiqachilari yaratgan asarlarda vatanparvarlik xislatlari asosiy o'rinda turdi. Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Sadriddiy Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Sulton Jo'ra, Amin Umariy, Oydin va boshqa yozuvchilar hamda shoirlarning she'rlari va dostonlarida, publitsistik asarlarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, xalqimizning jangovarlik ruhi qo'llab-quvvatlandi, dushman ustidan g'alaba qozonishga bo'lgan ishonch mustahkamlandi. Teatrlar sahnasida Hamid Olimjonning Muqanna, Uyg'un va Izzat Sultonning Alisher Navoiy, Hamid Olimjon, Uyg'un va Sobir Abdullaning O'zbekiston qilichi, Oybekning Mahmud Torobiy, Maqsud Shayxzodaning Jaloliddin Manguberdi kabi va boshqa dramatik asarlari namoyish etildi. Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asarlar ustun bo'lib qoldi. Izzat Sulton O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. SSR Fanlar akademiyasining O'zbekiston filiali urushning birinchi kunlaridan boshlab juda muhim xalq xo'jalik va mudofaa muammolarini hal qilishga faol kirishdi. Shu maqsadda institutlarning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muhim o'zgarishlar kiritildi. Ikkinchi jahon urushining eng qizg'in pallasida, Toshkentda O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasi (O'zSSR FA) tashkil topdi. Taniqli o'zbek matematik olimi Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy (1897 - 1970) akademiyaning prezidenti qilib saylandi. T. Qori-Niyoziy O'zbekiston olimlari Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zlarining samarali faoliyati bilan mamlakat ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, fidokorona mehnati bilan mamlakatning iqtisodiy hamda harbiy qudratini oshirish va mustahkamlashga katta hissa qo'shdilar. Bu ishda ularga urush yillarida O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan RSFSR va boshqa ittifoqdosh Respublikalarning olimlari ham ancha-muncha yordam ko'rsatdilar. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:56:39
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx