O'zbekiston SSRning tashkil topishi 10-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida § 10-mavzu. Reja: O'zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi. O'zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi. O'zbekiston SSR - Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh Respublika. O'zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno'zbek (O'zbekiston SSR) Sovetlarining I ta'sis qurultoyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSR) Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so'zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to'g'risida Deklaratsiya qabul qilindi. Mixail Kalinin O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi (O'zSSR MIK) va O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O'zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, Qo'shchi uyushmasi faoli Yo'ldosh Oxunboboyev O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi. Yo'ldosh Oxunboboyev Bu paytda O'zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo'lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog'iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi). 1924-yil oxirida O'rta Osiyo Respublikalarida hammasi bo'lib 8 131 062 kishi yashagan bo'lib, ularning qariyb yarmisi O'zbekistonda istiqomat qilgan. O'zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral - aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo'ldi. So'ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha Samarqand shahri O'zbekiston SSR poytaxti sanalgan. O'zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma'muriy-hududiy bo'linish o'tkazildi. Bu paytda O'zSSR tarkibida 23 ta uyezd va 241 ta volost bo'lgan. 1926-yil 29-sentyabrda O'zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to'g'risida qarori qabul qilindi. O'zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi. O'zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 - 12 fevralda ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:56:39
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx