10-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Sovet hokimiyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati uning mohiyati va oqibatlari

10-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Sovet hokimiyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati uning mohiyati va oqibatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Sovet hokimiyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati uning mohiyati va oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Sovet hokimiyatining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati uning mohiyati va oqibatlari 10-sinf O'zbekiston tarixi fani asosida 15-mavzu Reja: 1. O'zbekistonda dastlabki qatag'onlarning boshlanishi. 2. Huquq va maorif tizimida qatag'onlikning avj oldirilishi 3. Munavvarqori va safdoshlarining mahv etilishi. O'zbekistonda dastlabki qatag'onlarning boshlanishi. Sovet rejimi o'z hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora oshkora namoyon bo'la boshladi. Huquq va maorif tizimida qatag'onlikning avj oldirilishi. Milliy rahbar xodimlarni lavozimlaridan chetlatib, ularni g'oyaviy jihatdan tor-mor qilayotgan sovet rejimi XX asr 20-yillarining oxiriga kelib jismoniy jihatdan yo'qotishga kirishdi. O'zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa'dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo'shatilib, qamoqqa olindi. S.Qosimov va uning 6 nafar safdoshi ustidan SSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil Samarqand shahrida sud jarayonini o'tkazdi. 1930-yil avgust oyida Samarqand shahrida O'zbekiston SSR Maorif xalq komissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibsga olindi. Munavvarqori va safdoshlarining mahv etilishi. 1929-yil 5-noyabrda Toshkentda ma'rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko'p o'tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Munavvarqori Abdurashidxonov 1931-yil 25-aprelda Moskvada bo'lib o'tgan sud majlisida Munavvarqori boshchiligidagi millatning 15 nafar fidoiysi bo'lgan Milliy Istiqlol a'zolari otib o'ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O'zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi. 1936 - 1938-yillardagi katta terror hamda O'zbekistonda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag'on qilinishi. Sovet mustabid tuzumi butun mamlakatda bo'lgani singari O'zbekistonda ham ommaviy qatag'onlarni avj oldirdi. Yirik davlat va jamoat arboblari, partiya va xo'jalik rahbarlari, ziyolilar, ruhoniylar va harbiylar bilan birgalikda oddiy kishilar va kolxozchilar ham qatag'on qilindi. O'zbekistondagi siyosiy elita millatchilik va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga