Turkiston o'lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig'ida 10-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 1-mavzu Reja: Mustaqillik - Turkiston xalqlarining asriy orzusi Fevral inqilobi va uning Turkiston o'lkasiga ta'siri. Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati. Mustaqillik - Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o'z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari va an'analariga sodiq qolishni ulug' ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o'zbek xalqining ming-minglab sodiq o'g'lonlari o'z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo'lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o'zligini anglashida, o'z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o'sha paytda yozganidek, Rusiyada bosh ko'targan yangi bir balo - bolshevik balosi kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi. O'zbek xalqining boshqa bir fidoiy farzandi Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan Haq olinur, berilmas! shiori butun millatning jangovar chaqirig'iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston taraqqiyparvarlari va jadidlarining faoliyati oradan 100 yildan ortiq vaqt o'tgan bugungi kunda ham diqqatga sazovor hodisa sanaladi. Abdurauf Fitrat Fevral inqilobi va uning Turkiston o'lkasiga ta'siri. Insoniyat tarixida shunday voqealar bo'ladiki, ular butun-butun davlatlar va mamlakatlarda yashovchi yuzlab xalqlarning keyingi taqdirini butunlay o'zgartirib yuboradi. Ana shunday voqealardan biri 1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) bo'lgan Rossiyadagi Fevral inqilobidir. Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyega barham berdi, imperator (podsho) ning cheksiz hukmronligi tugadi. Rossiya imperatori Nikolay II o'z ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:56:39
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
527 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
527 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx