ANDIJON VILOYATI IZBOSKAN TUMANI 8-DIMI TARIX FANI O'QITUVCHISI JUMABOYEVA DILFUZAXONNING § 2. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o'rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DARS ISHLANMASI Shior: Jonajon O'zbekistonim mangu bo'l omon! Reja 1.Rossiyadagi Oktyabr to'ntarishi hamda uning Turkiston o'lkasiga ta'siri. 2.Toshkentda sovet hokimiyatining o'rnatilishi hamda Turkiston o'lka X.alq Komissarlari Sovetining tashkil qilinishi. 3.Bolsheviklar va so'l eserlarning Turkiston jadidlariga qarshi kurashi. Atamani izohlang ! Muxtoriyat - Bolshevik- Kadetlar- Eserlar- Shu'ba- Savollarga javob bering: 1.Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi? 2.Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kutgandilar? 3.1917-yilgi fevral o'zgarishidan so'ng Turkistonda qanday o'zga- rishlar yuzaga keldi? 4.Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qanday dolzarb vazifalar turardi? 5.Butunturkiston musulmonlari I qurultoyi qanday masalalarga bag'ishlangan edi? 1917-yil 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o'tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o'tkazayotgan Muvaqqat hukumat a'zolarini qamoqqa oldi. Rossiyadagi Oktyabr to'ntarishi Qishki Saroyni egallash Qishki Saroyni egallash Petrogradda ochilgan Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so'l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat ag'darilganligini qo'llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to'g'risida dekretlar e'lon qildilar. Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) boshchiligidagi hukumat - Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Bolsheviklar Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan o'z hokimiyatlarini o'rnatishdi. Toshkentda sovet hokimiyatining o'rnatilishi. 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta'siridagi Sovetlar qo'liga o'tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo'q edi, bolsheviklarning omma o'rtasida ta'siri ham oz bo'lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq mana shunday murakkab siyosiy sharoitda Turkistondagi milliy siyosiy kuchlar va ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:56:39
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.3 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:56 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.3 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx