39-§. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi: tangachalilar turkumi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Kaltakesaklar. Tangachalilar turkumiga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning cho'llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak - sariq ilon uchraydi. Eski imoratlar devorida tunda hayot kechiruvchi gekkonlarni uchratish mumkin. Gekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi; tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanadi. Respublikamiz cho'llarida yirik kaltakesaklardan echkemarni uchratish mumkin. Kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsimon kaltakesakni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ularni ba'zan ilonlar bilan adashtirishadi. Ilonlar. Ilonlarning oyog'i bo'lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ularning shaffof qovoqlari soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan. Ular og'zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on o'ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydi. Zaharli ilonlarning og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan. Ilon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar ana shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi tanasiga o'tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshi tish organi yaxshi rivojlanmagan. Bo'g'ma va shaqildoq ilonlar ning issiqlikni uzoqdan sezadigan organi bo'ladi. Ilonlar o'rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ular ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.88 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.88 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx