2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hayvonlarning o'simliklarga o'xshashligi va ulardan farq qilishi.Hayvon organizmi ham o'simliklar singari hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar hujayra membranasi (po'sti), uning ichidagi sitoplazmada joylashgan vakuolalar, boshqa organoidlar va yadrodan iborat. Hayvon va o'simlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham o'zaro o'xshash bo'ladi. Shu bilan birga hayvonlar hujayrasi po'sti yupqa bo'lishi, yashil rang beruvchi xloroplastlar bo'lmasligi bilan o'simliklardan farq qiladi. Hay vonlar fotosintez qilolmaydi; o'simliklar hosil qila digan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bir hujayralilar orasida o'simlik singari fotosintez qilish xususiyatiga ega bo'lgan turlari ham bor. Ko'pchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari bo'ladi, lekin o'troq yashovchi va ko'pchilik parazit hayvonlar harakat qilmaydi. O'simliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida faol harakatlanishini bilasiz. Hayvon hujayrasi va to'qimalari. Ko'p hujayrali hayvonlar organizmi har xil tuzilgan va turli vazifani bajaradigan hujayralardan iborat. Hujayralar yumaloq, kubsimon, duksimon, yulduzsimon, kip rikli va boshqa shaklda bo'lishi mumkin. Bir-biriga o'x shash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to'qimalarni, to'qimalar organlarni hosil qiladi. Bir hujayrali va tuban ko'p hujayrali hayvonlar organizmida to'qimalar va organlar rivojlanmagan. Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalaridan tashkil topgan. Epiteliy zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Epiteliy organizmni noqulay sharoitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradi. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasi epiteliy bilan qoplangan. Biriktiruvchi to'qima alohida hujayralar va organlar oralig'ini to'ldirib turadi. Bu to'qimaning suyuq (qon), tig'iz (suyak, tog'ay) va g'ovak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi to' qima organlarni o'zaro bog'lash (pay), kislorod va oziq moddalarni tashish (qon), zaxira oziq ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.8 MB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.8 MB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx