45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlarni o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin. O'troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna o'troq qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g'amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo'yadi. Oziq taqchil bo'ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi. Ko'chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chib yuruvchi qushlar deyiladi. Go'ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloq lar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kam, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadi. Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlaydi. Uchishdan oldin ular gala hosil qiladi. Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo'l bo'lishiga qara- masdan uchib ketadi. O'rdak, g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi. Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda o'z ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx