7-sinf Zoologiya 'Pardaqanotlilar turkumi asalarilar' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Pardaqanotlilar turkumi asalarilar' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Pardaqanotlilar turkumi asalarilar' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

25-§.Pardaqanotlilar turkumi: asalarilar 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Pardaqanotlilarga asalari, sariq ari, qovog'ari, yaydoqchilar, chumolilar kiradi. Asalari oilasi. Asalari oilasida 100 - 500, ba'zan 100 tagacha ishchi arilar, bitta ona ari, bir necha yuz erkak arilar bo'ladi. Asalarilar yog'ochdan yasalgan maxsus qutilarda boqiladi. Quti ichida ular mumli olti qirrali katakchalarda yashaydi. Asalarilarning tuzilishi. Ona, ishchi va erkak asalarilarning tashqi ko'rinishi bir-biridan farq qiladi. Ona ari va erkak arilar ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo'ladi. Urg'ochi va ishchi arilar qorin bo'limining uchida nishtari bo'ladi. Erkak arilarning mo'ylovlari va ko'zi yaxshi rivojlangan; nishtari bo'lmaydi. Ishchi arilar - voyaga yetmagan urg'ochilar. Boshining yon tomonida ikkita murakkab ko'zlari, ularning orasida uchta oddiy ko'zchalar joylashgan. Boshi oldingi tomonida joylashgan ikkita mo'ylovi hid bilish organi hisoblanadi (51-rasm). Arilar gulning hidi va rangini yaxshi farq qiladi. Ularning ko'zi sariq va ko'k ranglarni hamda bizning ko'zimiz ilg'ay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi farq qiladi, lekin qizil rangni sezmaydi. Ishchi arilar yuqori jag'lari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi. Pastki lab va jag'lari o'zgarib naysimon xartum hosil qiladi. Ari xartumi bilan gul nektarini so'radi. Shu sababli arining og'iz organlari kemiruvchi-so'ruvchi deyiladi. Ishchi ari orqa oyoqlaridagi maxsus savatcha va tukchalar yordamida gul changini yig'ib oladi. Ari chaqqanda uning nishtari teri ichida uzilib qoladi; mayib bo'lgan ari esa halok bo'ladi. Asalarilar oilasining hayoti. Erkak va ona arilar og'iz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar uyani tozalash, qo'riqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nektar yig'ish kabi ishlarni bajaradi. Arilar yig'gan nektar katakchalarda asalga aylanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.47 MB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.47 MB
Ko'rishlar soni 291 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga