7-sinf Zoologiya 'To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar tangachaqanotlilar turkumi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar tangachaqanotlilar turkumi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar tangachaqanotlilar turkumi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

24-§. To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi. 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Kapalaklar juda chiroyli va xilma-xil bo'lib, ularning yer yuzida 150 00 ga yaqin, O'rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turlari tarqalgan (49-rasm). Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun ular tangachaqanotlilar deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog'liq. Kapalaklar boshining ostida spiralga o'xshab o'ralgan xartumi bor. Xartum pastki jag' bilan pastki labning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini to'g'rilab, gul ichiga suqadi va nektarini so'rib oladi. Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo'g'im larga bo'lingan bo'lib, qurt deb ataladi. Og'iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga moslashgan. Qurtning ko'krak bo'limida 3 juft haqiqiy oyoqlar, qorin bo'limida 5 juft soxta oyoqlar bo'ladi. Soxta oyoqlar yo'g'on, bo'g'imlarga bo'linmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalarning bo'lishi bilan ko'krak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; ko'krak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi. Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholg'om, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o'simlik larning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo'lganidan oq kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog'i bo'ladi. Kapalak qo'nganida qanotlari tanasi ustida tik bo'lib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg'ish rangda bo'lganidan uni barglar orasida sezish qiyin. Karam kapalagi tuxumlarini o'simlik bargi ostiga qo'yadi. Tuxumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda bo'ladi, keyinchalik rivojlanib, ko'k-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog'lari bo'ladi. Qurtlar po'st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g'umbakka aylanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga