56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Kurakoyoqlilar turkumi. Kurakoyoqlilar - bo'yni kalta, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan yirik hayvonlar. Ular ko'p vaqtini suvda o'tkazadi; faqat dam olish va ko'payish uchun quruqlikka chiqadi. Kurakoyoqlilarga tyulenlar, dengiz mushugi, morj kiradi (110-rasm). Grenlandiya tyuleni Arktika dengizlarida yashaydi. Quruqlikda kurak oyoqlari yordamida sudralib harakat qiladi. Keyingi oyoqlari orqaga cho'zilgan bo'lib, faqat suzish uchun xizmat qiladi. Tanasi dag'al, kalta va siyrak jun bilan qoplangan. Ko'pchilik tyulenlarning quloq suprasi bo'lmaydi; baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqa simon lar bilan oziqlanadi. Qishda tyulenlar qirg'oqqa yaqin kelib, tekis muzlikka chiqib oladi. Urg'ochilari bittadan yirik, ko'zi ochiq bola tug'adi. Tyulen bolasining terisi qalin oq momiq jun bilan qoplangan. Momiq jun uni sovuqdan asraydi va uni muz ustida sezdirmaydi. Momiq junlari to'qilib, dag'al jun bilan almashgandan so'ng bolasi suv ga tushib, suza boshlaydi. Dengiz mushugi Uzoq Sharq dengizlarida yashaydi. Yoz boshlarida ular podasi bolalash uchun qirg'oqqa chiqib oladi. Urg'ochilari qora jun bilan qoplangan bitta bola tug'adi. Bolalari o'sib suza boshlagach, ular yana dengizga tushib ketishadi. Tyulen va morj terisi va yog'i, dengiz mushugi mo'ynasi uchun ovlanadi. Morjning yuqori jag'larida uzun qoziq tishi bo' ladi. Bu tishlar fil suyagi singari qadrlanadi. Dengiz mushukla rining soni juda kamayib ketganligi tufayli hozir ularni ovlash man qilingan. Kitsimonlar turkumi. Kitsimonlar - batamom suvda yashashga o'tgan sutemizuvchilar; ular hech qachon quruqlikka chiqmaydi; suvda bolalaydi. Tuzilishi suvda yashash ta'sirida yanada ko'proq o'zgargan. Ular dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi; keyingi suzgichlari bo'lmaydi. Bu turkumga kitlar, kasha lotlar va delfinlar kiradi Ko'k kit ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx