57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar Company Name Juft tuyoqlilar turkumi. Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki ikki juft bo'lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruv chi va kavsh qaytarmaydigan guruhlarga bo'linadi. Kavsh qaytaruvchijuft tuyoqlilar - oyoqlari ancha uzun, oshqozoni to'rt bo'lmali, o'simlikxo'r hayvonlar. Odatda, o'simlik tarkibida qiyin hazm bo'ladigan kletchatka ko'p bo'ladi. Kavsh qayta ruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo'lishiga yordam beradi. Ular dastlab oziqni yaxshi chaynamasdan yutadi. Oziq oshqozonda mikro- organizmlar ta'sirida yengil hazm bo'ladigan holatga keladi. Bunday oziq og'iz bo'shlig'iga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi. Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo'y, echki, zubr, sayg'oq, jayron, bug'u va boshqa ko'pchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning boshida bir juft muguz shoxlari bo'ladi. Bu shoxlar hayvonning butun hayoti davomida o'sib boradi. Bug'u va los kabi hayvonlarning shoxlari har yilda almashinib, o'rniga yangisi o'sib chiqadi. Jayron (ohu yoki g'izol) O'zbekiston cho'llarida yakka holda, juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bo'lib yashagan. U cho'l sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qo'ng'ir tusda bo'lganidan atrof-muhitda ko'zga tashlanmaydi. Jayron go'shti juda mazali bo'lgani uchun ovlangan. O'zbekistonda jayron faqat qo'riqxonalarda saqlanib qolgan. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilardan Buxoro bug'usi (xongul) Qizilqum qo'riqxonasida va Termiz yaqinidagi Payg'ambar oroli da boqilmoqda; Ustyurt dashtida sayg'oq uchraydi. Kavsh qaytarmaydiganjuft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo'lmalarga bo'linmagan; bo'yin, oyoq lari va dumi kalta. Ularga to'ng'iz (yovvoyi cho'chqa) va suv ayg'iri (begemot) kiradi (113-rasm). To'ng'iz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm gacha, vazni 200-240 kg keladi. To'ng'iz Yevropava Osiyo qit'asida tarqalgan; O'zbekistonda tog'li ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.83 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.83 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx