7-sinf Zoologiya 'Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Muskullari va tana bo'shlig'i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to'p-to'p bo'lib joylashgan. Xitin qoplag'ichi keng tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Ichki organlar ana shu bo'shliqda joylashgan. Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og'zi boshining ostida joylashgan. Oziq og'iz, qisqa halqum va qizilo'ngach orqali ikki bo'lmali oshqozonga o'tadi. Oziq avval katta oshqozonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi. U yerdan oziq so'zilib o'tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo'ladi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o'rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi. Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko'krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan. Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo'shlig'iga o'tib, to'qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig'ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o'tadi; qonda to'planib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to'yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo'shlig'iga o'tadi. Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg'ir chuvalchanginikiga o'xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo'shlig'ida joylashgan, naychalari esa kalta mo'ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulo tlarini organizmdan chiqarib yuboradi. Nerv sistemasi. Yomg'ir chuvalchanginiki singari halqum usti va halqum osti nerv tugunla ri, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko'z va mo'ylovlarga, halqumosti tugunidan jag'larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi. Sezgi organlari. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.68 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.68 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga