19-§. O'rgimchaksimonlarning xilma-xilligi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. O'rgimchaklar. O'rgimchaklarning ko'pchilik turlari yirtqich bo'lib, pashsha, chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Ulardan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi. Qoraqurt O'rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va cho'llarida uchraydi. Yosh urg'ochi qoraqurtning qorni ustida qizg'ish dog'lari bo'ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga tutqich to'r to'qiydi. To'riga tushgan chigirtka, qo'ng'iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning zahari odam uchun xavfli, tuya va otlarga, ayniqsa, kuchli ta'sir etadi. Biy eng yirik (3-4 sm) o'rgimchak bo'lib, tuproqda, chuqurligi 60 sm gacha bo'lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasharotlarni ovlaydi. Falangalar. Ular o'rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo' lib, asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O'rta Osiyo cho'llarida keng tarqalgan yirik sariq falanganing kattaligi 6-7 sm ni tashkil etadi. Falanganing tanasi bosh, ko'krak va qorin qismlaridan iborat. Boshida bir juft ko'zi va og'iz organlari (jag'lari) joylashgan. Jag'lari o'tkir tirnoqqa, oyoq paypaslagichlari esa yurish oyoq lariga o'xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo'lib, kechasi ovga chiqadi. U turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Uning zahar bezi bo'lmaydi. Falanga zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Chayonlar janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. O'rta Osiyo hududida sariq chayon ko'p uchraydi. Uning yassi tanasi boshko'krak va qorin qismlariga bo'lingan. Boshining ustida bir juft yirikroq ko'zlari, ikki yonida esa besh juft mayda ko'zchalari bor. Ustki jag'lari o'rgimchaknikiga o'xshaydi, lekin oyoq paypas lagichlari qisqichga aylangan. Uzun qorin bo'limi keng oldingi va ingichka orqa qismlardan iborat. Qornining oxirgi bo'g'imida zahar bezi va nayzasi bor. Nayzaning uchiga zahar bezining yo'li ochiladi. Chayonlar kunduzi toshlar ostida, ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx