7-sinf Zoologiya 'Yashil bronza qo'ng'izining tashqi tuzilishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Yashil bronza qo'ng'izining tashqi tuzilishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Yashil bronza qo'ng'izining tashqi tuzilishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

20-§. Yashil bronza qo'ng'izining tashqi tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yashash muhiti va gavda bo'limlari. Bahor va yoz oylarida dalalarda gullarning ustida yirik (uzunligi 1-2 sm) yashil qo'ng'izlarni ko'rish mumkin. Qo'ng'iz tanasining ustki tomoni yaltiroq-yashil, qorin tomoni esa qizg'ish tusda bo'ladi. Bronza qo'ng'izi Yevropava Osiyo qit'asining deyarli hamma joyida uchraydi. Qo'ng'izni qo'lga olib ko'rilganda uning xitin qobig'i qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin. Bosh bo'limi. Qo'ng'izning boshida og'iz va sezgi organlari joylashgan. Og'iz teshigini ustki tomondan kichik plastinka shaklidagi yuqori lab, yon tomondan bir juft yuqori va pastki jag'lar, ostki tomondan pastki lab o'rab turadi. Pastki lab va pastki jag'lar bir juftdan paypaslagichlar bilan ta' minlangan. Paypaslagichlar tuyg'u va ta'm bilish organlari hisoblanadi Qo'ng'iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko'zlari bo'ladi. Har qaysi ko'z bir necha mingta zich joylashgan mayda oddiy ko'zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqasi singari mozaik ko'rish xususiyatiga ega. Ko'pchilik hasharotlar rangni yaxshi ajratib oladi. Ko'zlarining oldida yelpig'ichga o'xshash mo'ylovlari joylashgan. Erkak qo'ng'izning mo'ylovi urg'ochilariga nisbatan yirikroq bo'ladi. Mo'ylovlar hid bilish organi hisoblanadi. Ko'krak bo'limi. Hasharotlarning ko'krak bo'limi uchta bo'g'imdan iborat. Ikkinchi va uchinchi ko'krak bo'g'imlarining ustki tomonida bir juftdan qanotlar joylashgan. Orqa tomondan ko'krak bo'limining faqat birinchi bo'g'imi ko'zga tashlanadi. Ko'krakning keyingi ikki bo'g'imi va qorin bo'limi qattiq va qalin ustqanotlar bilan qoplangan. Bu qanotlar nozik pardasimon ostqanotlarni va yumshoq qorin bo'limini himoya qilib turadi. Ko'pchilik qo'ng'izlarning ustki qanotlari ikki tomonga yoyilib, samolyot qanoti singari ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin bronza qo'ng'izining ustki qanotlari uchishda ishtirok etmaydi. Bu qanotlar qo'ng'iz uchganida ham tanasining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.5 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.5 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga