51-§. Itning ichki tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon hamda ingichka, yo'g'on va to'g'ri ichakdan iborat. Itning og'iz bo'shlig'ida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta'mini aniqlaydi. Og'iz bo'shlig'ida so'lak bezlaridan ajralib chiqadigan so'lak oziqni ho'llaydi. It tili yordamida oziqni so'lak bilan aralashtiradi. Og'izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm bo'ladi va ichakka o'tadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan o't suyuqligi ta'sirida hazm bo'ladi. Oziqning hazm bo'lmagan qismi yo'g'on ichakka tushadi; u yerdan to'g'ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi Nafas olish sistemasi. Havo burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar orqali ko'krak qafasida joylashgan o'pkaga kiradi. Ko'krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo'shlig'idan ajralgan. Nafas olganda qovurg'alar ko'tarilib, diafragma qorin bo'shlig'iga suriladi. Buning natijasida ko'krak qafasining hajmi oshadi, atmosfera bosimi ta'sirida havo o'pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda qovurg'alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko'krak bo'shlig'iga ko'tarilishi tufayli ko'krak qafasi torayadi va havo o'pkadan chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi to'rt bo'lmali bo'lib, ikkita qorincha va ikkita bo'lmadan tuzilgan. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Sutemizuvchilar - qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan. Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin bo'shlig'ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo'lgan siydik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa to'qiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganligi ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx