7-sinf Zoologiya 'Ko'l baqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Ko'l baqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Ko'l baqasining ichki tuzilishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

36-§. Ko'l baqasining ichki tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o'xshash bo'lib, og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og'iz bo'shlig'ida harakatchan tili va jag'lari bor. Yuqori jag'i va tanglayida konussimon tishchalari bo'ladi. Baqa orqa ichagining ke yingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi. Nafas olish sistemasi. Baqa o'pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. O'pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko'p kapil lyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o'tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog'i pastga tortilib va ko'tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og'iz bo'shlig'i orqali o'pkaga o'tadi. Tomoq ko'tarilganida o'pkadagi karbonat angidrid gaziga to'yingan havo yana og'iz bo'shlig'i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan iborat. Yurak bitta qorincha va ikkita bo'lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo'lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo'ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to'qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to'yinadi va yurakning o'ng bo'lmachasiga qaytib keladi. Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan o'pka arteriyalari orqali o'pka va teriga keladi. O'pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to'yinib, yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo'lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o'ng bo'lmasida esa karbonat angidrid bilan to'yingan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga