7-sinf Zoologiya 'Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

37-§. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Tuxum qo'yishi. Ko'klam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqa larning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urg'ochi baqalar suvga tashla gan tuxumlariga erkak baqalar urug' suyuqlig'ini to'kib ketadi. Bitta baqa 5 00-10 00 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Urug'langan tuxumning qobig'i bo'rtib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lganidan quyosh nuri ta'sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to'p-to'p bo'lib qalqib yuradi. Rivojlanishi. Urug'langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi. Itbaliqning ko'rinishi mayda baliqchaga o'xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo'ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo'ladi. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o'tlari, bir hujayrali hayvonlar va suv o'tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, so'ngra oldingi oyoqlari paydo bo'ladi; jabrasi o'pka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga ko'tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yo'qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma-xilligi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4 00 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.34 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.34 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga