7-sinf Zoologiya fanidan Yomg'ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi dars taqdimoti

7-sinf Zoologiya fanidan Yomg'ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya fanidan Yomg'ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

12-§. Yomg'ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yomg'ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tiрining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Yomg'ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo'yida, beda, sabz avot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog'ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so'ng ba'zan ko'plab yer yuziga chiqishi sababli ular yomg'ir chuvalchanglari deb ataladi. Yomg'ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o'tkirlashgan. Tanasi halqaga o'xshash tortmalar bilan ko'p sonli bo'g'imlarga bo'lingan. Har bir tana bo'g'imining qor in tomonida to'rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo'g 'onlashib, maxsus belbog' hosil qiladi. Terimuskul xaltasi. Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo'ylama muskullar joylashgan. Musk ullar ostida ichki epiteliy qavati tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halq asimon va bo'ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana bo'shlig'ida ichki organlar joylashadi. Harakatlanishi. Yomg'ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot kechirishga moslashgan. Chuvalchang hara kat langanida oldingi qismidagi halqa simon muskullar qisqa rib, tanasi cho'ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana de vo ridagi bo'ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo'g'onlashib tup roq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o'ziga yo'l ochadi. Tuklari harakatlanganida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga