7-sinf Zoologiya 'Ikki qanotlilar turkumi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Ikki qanotlilar turkumi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Ikki qanotlilar turkumi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

26-§. Ikki qanotlilar turkumi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Uy pashshasi - juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalinlashib, yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq ta'mini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi. Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go'ngida rivoj lanadi. Qurtning boshi va oyog'i bo'lmaydi, tanasi sirtidagi kichik bo'rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o'sadi; quruq tuproqqa chiqib g'umbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht bo'ladi; har 2-4 kunda 100-150 tadan tuxum qo'yadi. Bir mavsumda pashshaning 8-10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg'ochi pash shaning avlodi bir mavsumda 500 ga yetishi mumkin. Pash shalar ichburug', qorin tifi, vabo, sil, bo'g'ma kabi kasallik larning mikrob larini hamda gijjalar ning tuxumlarini tarqa tadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog'i va tanasida ilakishtirib olib, oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi. Pashsha tez ko'payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni o'z vaqtida yo'qotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog'ozlar va har xil zaharli moddalar sepib yo'qotiladi. Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg'ochisi odam va hayvonlar qonini so'radi. Erkak chivinlar o'simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko'lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so'rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto'lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin. Iskabtoparlar - chivinlarga o'xshash mayda hasharotlar. Ular cho'llardagi kemiruvchilar inida ko'p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so'radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.22 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.22 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga