16-§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko'payishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas oladi. Ular ikki juft mo'ylovlarining bo'lishi bilan boshqa bo'g'imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tipik vakili hisoblanadi. Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko'l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko'kimtir-qo'ng'ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin. Qisqichbaqa kun bo'yi toshlarning ostida yoki qirg'oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kech qurunlari chiqadi. Qisqich baqaning asosiy ozig'i suv o'tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi. Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po'st bilan qoplangan. Xitin qoplag'ich uning tanasini tashqi ta'sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqaning tanasi boshko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Boshko'krak bosh va ko'krak bo'limlarining ha rakatsiz birikishi natijasida hosil bo'lgan va boshko'krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko'zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo'ylovlari hid bilish va tuyg'u organlari hisoblanadi. Og'iz teshigini uch juft jag'lar o'rab turadi. Boshko'krakning keyingi qismida 8 juft o'simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag'oyoqlar bo'lib, oziqni ushlab og'izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to'rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.24 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx