58-§. Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Primatlar, ya'ni maymunlar - sutemizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar («primatlar» so'zi ham «birinchilar» ma'nosini anglatadi). Bu turkumga 200 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchiligi qalin tropik o'rmonlarda yashaydi. Barmoqlari uzun, ikkala oyoqlaridagi bosh barmog'i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo'yilgan. Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shoxlarni mahkam ushlab turishga hamda mayda narsalarni tutib turishga imkon beradi. Ularning barmoqlarida boshqa hayvonlardagi singari changal emas, balki yassi tirnoqlar bo'ladi. Oyoqlari yurish bilan birga ozig'ini ushlash, junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi. Tanasining yuzi va qo'l-oyoq kaftlarida jun bo'lmaydi. Maymunlarning ko'zlari boshining oldingi tomonida joylashganligidan ular birdaniga ikki ko'zi orqali qaraydi. Shuning uchun ular buyumning hajmini, ungacha bo'lgan masofani va rangini boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Ko'zning bu xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari, junsiz kafti va tovoni asosiy tuyg'u a'zosi hisoblanadi. Bosh miyasi boshqa sutemizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik. Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning ko'p bo'lishi tufayli fe'l-atvori ham murakkab va xilma-xil bo'ladi. Ular gala bo'lib yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi. Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari keng, dumi uzun bo'lganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi. Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib turishi mumkin. O'rgimchak maymun uzun oyoq va qo'llari yordamida daraxtlarga ilakishib olganligidan unga shunday nom berilgan. Afrikada va Janubiy Osiyoda yashaydigan tor burunli maymunlarning burun teshigi tor bo'lib, tog'ay to'siq bilan ikkiga ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bo'lmaydi. Primatlar orasida ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx