49-§. Parrandachilik 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish maqsadida xonaki parrandalardan tovuq, g'oz, o'rdak, kurka, ba'zan bedana boqiladi. Xonaki parrandalar inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladigan zotlarga ajratiladi. Zotlar odamlar tomonidan sun'iy yaratilgan xonaki hayvonlar hisoblanadi. Tovuqlar. Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko'p boqiladi. Hozirgi tovuq zotlari tropik o'rmonlarda yashaydigan yovvoyi bankiv tovuqlaridan kelib chiqqan. Bundan taxminan 4 500 yil ilgari qadimgi Hindistonda bankiv tovuqlari xonakilashtirila boshlangan. Beradigan mahsulotlariga ko'ra hozirgi tovuqlar go'sht, go'sht-tuxum va tuxum yo'nalishidagi zotlarga ajratiladi. Zotlar tashqi ko'rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Tuxum yo'nalishidagi zotlardan rus oq tovug'i va Lekgorn zot tovuq boqiladi. Ular nisbatan kichik bo'lib, og'irligi 1,6-2,4 kg keladi, lekin tez voyaga yetadi va har qaysisi yiliga 200-300 tadan yoki undan ham ko'proq tuxum qiladi. Bunday tovuqlar 5-6 oyda tuxumga kiradi, tuxumlari 50-65 g keladi. Tuxum-go'sht yo'nalishidagi tovuq zotlari (Zagorsk, Nyugempshir, Pervomaysk) birmuncha yirikroq bo'lib, og'irligi 2,5-4,0 kg keladi. Tuxumlari mayda, tullash davrida (15-20 kun) tuxum qilmaydi. Go'sht yo'nalishidagi tovuqlar (Kornuel, Plimutrok zotlari)ning og'irligi 3,0-4,5 kg ga yetadi, kam tuxum qiladi. Ular faqat broy ler olish uchun boqiladi, ikki oylik jo'jalarining og'irligi 1,6 kg va undan ortiq keladi. O'rdaklar. Yovvoyi o'rdak bundan 3 00 yil oldin xonakilash tirilgan. Xonaki o'rdak tuxumining ta'mi uncha yaxshi bo'lmaganligi tufayli, odatda, go'sht olish maqsadida boqiladi. Ularning Moskva, Pekin, Ukraina zotlari ko'paytiriladi. O'rdaklarning ikki oylik jo'jalari og'irligi 2,6 kg va undan ham ko'proq keladi. G'ozlar. Xonaki g'ozlar yovvoyi kulrang g'ozlardan kelib chiqqan. Ular xonakilashtirish oqibatida yiriklashib, uchish qobiliyatini ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx