54-§. Qo'lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Qo'lqanotlilar turkumi. Qo'lqanotlilar - uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoqlari o'zgarib, qanotga aylangan. Oldingi oyoqlari suyaklari oralig'iga hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o'rtasiga yupqa teri parda tortilgan. Bu parda hayvon uchganida ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin oldingi oyoqlarining birinchi barmog'i hamda ke yingi oyoqlarining panjasi erkin bo'ladi. Ular qo'nganida bu panjalari bilan g'orlarning devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sekin chirmashib chiqadi. Ko'rshapalaklarning ko'zlari ojiz bo'lib, yaxshi ko'rolmaydi. Lekin ular tunda ham biron narsaga urilmasdan ucha oladi; hasharotlarni og'zi bilan tutib oladi. Ko'rshapalaklarning fazoda mo'ljal olish xususiyati ularning ultratovush tarqa tishi va uni qabul qilishi bilan bog'liq. Uchayotgan hayvon burni va og'zidan uzuq-yuluq ultratovush chiqaradi. Tovush uning yo'lida uchraydigan obyektdan aks-sado singari qaytadi. Uning qulog'i ana shu qaytgan tovush to'lqinlarini qabul qilganligi tufayli o'z o'ljasini topadi yoki to'siqni sezadi. Ko'rshapalaklar qon so'ruvchi va zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ko'r shapalaklarni aholi yashay digan joylarga jalb qilish uchun pana joylarni buzmaslik va yangi pana joylar yaratish zarur. Kemiruvchilar turkumi. Kemiruvchilarning yirtqich (qoziq) tishlari bo'lmaydi. Kurak tishlari esa yirik va o'tkir bo'ladi. Qattiq oziqni o'tkir kurak tishlari bilan uzib olib, oziq tishlari yordamida ezib maydalaydi. Ularning kurak tishlari doimo yedirilib turadi, lekin o'tmaslashmaydi. Chunki kurak tishlarining orqa tomonida emali bo'lmaydi. Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi tufayli charxlanib o'tkirlashadi. Kurak tishlar hayvonning hayoti davomida o'sib turadi. Kemiruvchilar - keng tarqalgan, xilma-xil, juda serpusht hayvonlar (106-rasm). Ko'pchilik turlari bir yilda bir necha marta bolalaydi. Shuning uchun ayrim yillari ularning ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx