7-sinf Zoologiya 'Qushlarning xilma-xilligi voha va cho'l qushlari' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Qushlarning xilma-xilligi voha va cho'l qushlari' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Qushlarning xilma-xilligi voha va cho'l qushlari' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

46-§. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho'l qushlari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog' va xiyobonlar, dalalar va o'tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chum chuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi. Chumchuqsimonlar turkumi. Bu turkumga qaldirg'och, go'ngqarg'a, chug'urchiq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo'lishi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o'z ichiga oladi Qaldirg'och tanasining orqasi ko'kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshana va bo'yni qizg'ish-qo'ng'ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo'ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug'i juda keng ochiladi. Qaldirg'och tumshug'i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi. Qaldirg'och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to'sinlarga, ba'zan devorga ham so'lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4-6 ta tuxum qo'yib, urg'ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg'ochlar deyarli butun kunni havoda o'tkazadi. O'ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg'och suv yuzasiga tegib o'tib, cho'miladi va suv ichadi. Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go'ngqarg'a, zog'cha va olaqarg'a hisoblanadi. Go'ngqarg'a qishlash uchun shimoliy hududlardan o'lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go'ngqarg'alar zog'chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi. Chumchuqsimonlarning ko'pchilik turlari - hamma narsalarni yeydigan parrandalar. Masalan, chug'urchiqlar ko'pin cha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalarni cho'qiydi. Ko'pchilik donxo'r qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxo'rlar qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko'p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg'ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga