7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning xilma-xilligi tog'ayli baliqlar sinfi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning xilma-xilligi tog'ayli baliqlar sinfi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning xilma-xilligi tog'ayli baliqlar sinfi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog'ayli baliqlar sinfi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Turli suv havzalarida yashash sharoiti har xil bo'ladi. Hatto bitta suv havzasi ning turli qismida ham sharoit bir xil bo'lmaydi. Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o'zaro raqobat, dushmanlarning ko'p bo'lishi baliqlar tuzilishi va fe'l-atvorining turlicha bo'li shiga olib kelgan. Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo'lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo'ladi. Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog'du taratadigan a'zolari bo'ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan, dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi. Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko'ra baliqlar tog'ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo'linadi. Tog'ayli baliqlar sinfi. Tog'ayli baliqlarning skeleti tog'aydan iborat bo'lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo'lmaydi. Jabra yoriqlari 5-7 juft bo'ladi. Tog'ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o'z ichiga oladi. Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo'lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o'simtasi bo'ladi. Akula jag'ida bunday o'simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalar nikiga o'xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo'lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, cho'milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko'pchilik akulalar tirik tug'adi, ba'zi turlari tuxum qo'yib ko'payadi. Akulalarning kattaligi har xil bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga