13-§. Yomg'ir chuvalchangining ichki tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hazm qilish sistemasi. Chuvalchangning og'iz teshigi tanasi oldingi uchida, birinchi tana bo'g'imi ostida joylashgan. Og'iz qisqa halqum orqali qizilo'ngachga tutashgan. Qizilo'n- gachning kengaygan keyingi qismi jig'ildon deb ataladi. Jig'ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tana ning keyingi tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiri yotgan o'simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga ichagidan o'tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta'sirida o'zlashtiriladi. Oziq tarkibidagi moddalar qonga so'riladi. Oziqning hazm bo'lmagan qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo'lgan. Yomg'ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi o'zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan iborat. Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali o'zaro tutashgan. Qizilo'ngach atrofida joylashgan 5-6 ta yo'g'on halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta'minlangan. Bu tomirlar qisqarish xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli «yurak» deb ataladi. Halqa va yirik qon tomirlardan ta nadagi turli organlarga mayda qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar organlarda juda mayda tomirlarga ajraladi. Eng mayda qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Kapillyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko'p bo'ladi. Qon orqa tomir bo'ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo'ylab orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qoni faqat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan qon tomirlar yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tashiladi. Nafas olishi. Yomg'ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o'tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx