11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Exinokokk. Exinokokk yassi chuvalchanglar tipi, tasmasimon chulvalchanglar sinfiga kiradi. Uning uzunligi 0,3-0,6 mm bo'lib, it, bo'ri va tulkilar ichagida parazitlik qiladi (23-rasm, 3, 4). Boshidagi ikki juft so'rg'ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Tanasi 5-6 bo'g'imdan iborat; tuxumga to'lgan oxirgi bo'g'imi hayvon axlati bilan tashqariga chiqib ketadi, uning o'rniga yana boshqasi hosil bo'ladi. Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qoramol, qo'y, ot va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushganida ulardan chiqqan lichinkalar qon orqali o'pka, jigar yoki boshqa organlarga borib, juda yirik, ba'zan chaqaloq boshidek va undan ham kattaroq pufak (finna)ni hosil qiladi. Bunday pufak ichidagi suyuqlikda faqat mikroskopda ko'rinadigan juda ko'p sonli lichinkalar bo'ladi. Itlar va yirtqich hayvonlar o'txo'r hayvonlarning ichki organlari bilan birga ana shunday pufaklarni yeganida ular ichagida lichinkalar voyaga yetadi. Hayvon ichagidan axlat bilan juda ko'p exinokokk tuxumlari tashqariga chiqib turadi. Tuxumlar hayvonlarning yungiga ham yopishib qoladi. Odam kasal itni erkalatganida exinokokk tuxumlarini yuqtiradi. Odam va o'txo'r hayvonlar exinokokkning oraliq xo'jayini, it va boshqa yirtqich hayvonlar esa uning asosiy xo'jayini hisoblanadi. Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi yassi chuvalchanglar tipining tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiradi. Uning tuzilishi va hayot kechirishi qoramol tasmasimon chuvalchanginikiga o'xshash bo'lib, voyaga yetgan davrida odam ichagida, lichinkasi cho'chqalar muskulida uchraydi. Odam yaxshi pishirilmagan cho'chqa go'shtini iste'mol qilib, parazit finnasini yuqtiradi. Bolalar gijjasi. Bu gijja to'garak chuvalchanglar tipiga kiradi. Gijja odamlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarning ichagida parazitlik qiladi. Gijja - oqish rangli, juda mayda (5-10 mm) chuvalchang. Bolalar gijjasining urg'ochisi urug'langandan keyin orqa chiqaruv teshigi yaqinida yashay boshlaydi. Kechasi orqa chiqaruv ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx