7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

32-§. Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Ko'payish organlari. Zog'ora baliq ayrim jinsli; urg'ochilarining jinsiy organlari tana bo'shlig'ida joylashgan yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urug'donlar bo'ladi. Urchish davrida urug'donlar quyuq oq suyuq lik - «sut» bilan to'ladi. «Sut» tarkibida millionlab urug' hujayralari (spermatozoidlar) bo'ladi. Tuxum qo'yishi. Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan baliqlarda ko'payish instinkti paydo bo'ladi (64-rasm). Instinkt ularni tuxum qo'yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Ba'zi baliqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi. O'tkinchi baliqlardan ba'zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga, boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalariga ko'chadi. Ayrim o'tkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losossimonlaridan keta va bukri baliq uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o'tadi. Ugor balig'i Yevropadaryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qo'yadi. Zog'ora baliq suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suvomborlari va ko'llarga tuxum qo'yadi. Urg'ochi baliq suv o'simliklari ustiga uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga o'zining «suti»ni sepib ketadi. «Sut»dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urug'lantiradi. Rivojlanishi. Zog'ora baliqning urug'langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda 4-6 kun ichida juda mayda baliqchalar (cha voqlar) rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5-10 sm ga yetadi. Naslga g'amxo'rlik qilishi. Zog'ora baliqning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum qo'yish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qo'ygan baliq bu joyni tark etadi. Nasli to'g'risida g'amxo'rlik qilmaydigan baliqlar, odatda, juda ko'p tuxum qo'yadi. Masalan, okun 300 minggacha, treska bir necha million ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.83 MB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.83 MB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga