48-§. Yirtqich qushlar 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yirtqich qushlar, asosan, umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning tana tuzilishi va xatti-harakati o'ljani qidirib topish va ushlab olishga moslashgan. Xususan, uzun va o'tkir tirnoqlarining uchi ilmoqqa o'xshash qayrilgan bo'lib, o'ljani ushlash va o'ldirishga moslashgan; qisqa baquvvat va uchi pastga qayrilgan tumshug'i esa o'ljasi etini yo'lib olishga imkon beradi Yirtqich qushlarning ko'zi o'tkir bo'lganidan o'ljasini uzoqdan payqab oladi. Yirtqichlar juft bo'lib yashaydi. Yirik qushlarning jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga va baland qoyalarga uya qurib, jish jo'ja ochadi. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar turkumlariga bo'linadi. Kunduzgi yirtqichlar turkumi. O'rta Osiyo hududida kunduzgi yirtqichlardan qora kalxat, miqqiy,tasqara, jo'rchi, burgut, qarchig'ayva boshqalar uchraydi. Qora kalxat vohalar, to'qaylar va tog'larda, xullas, daraxtlar bo'lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt larning shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo'lib, ko'pincha baqalar, kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shuningdek, kushxonalarning tashlandiqlari va o'laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham tutib yeydi. U havoda baland uchib, o'lja axtaradi. Tasqara - o'lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tana sining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi; uning og'irligi 6-12 kg, boshi va bo'ynidagi patlari juda siyrak bo'ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun qanot laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda beso'naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning o'laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o'laksa izlaydi. Tasqaraning tirnoqlari kuchsiz ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx