14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig'i misolida tanishamiz. Tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig'i hovuz va ko'llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o'ralgan chig'anoq ichida joylashgan. Chig'anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo'ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o'rab turadi. Mantiyadan chig'anoq hosil bo'ladi. Boshining ostki tomonida og'iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo'ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko'zi joylashgan (29-rasm). Suv shillig'i oyoq muskullarining to'lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig'anog'i ichida halqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo'ladi. Suv shillig'i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo'ladi. U tilini chiqarib, o'simliklar va suvdagi nar salarga yopishgan bakteriyalar ham da mayda suv o'tlarini qirib oladi. Bir juft so'lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So'lak suyuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig'ining jigari oshqozon bo'shlig'iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi. Nafas olish sistemasi. Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas oladi. Chig'anoqning chetida nafas teshigi bor. Bu teshik xaltasimon o'pkaga ochiladi. O'pka devori juda ko'p mayda qon tomirlari bilan qoplangan. O'pkadagi havodan qonga kis lorod o'tadi, qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska nafas oli sh uchun suv yuzasiga ko'tariladi va o'pkasini havo bi lan to'ldi rib oladi. Qon aylanish sistemasi. Mollyuska yuragi tanasining orqa tomonida joylashgan, u yurak oldi bo'lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx