9-§. Yassi chuvalchanglar tipi so'rg'ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. So'rg'ichlilar sinfi. So'rg'ichlilarning bargsimon tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti so'rg'ichlilar sinfining tipik vakili hisoblanadi. Jigar qurti qoramol, qo'y, echki, cho'chqa, tuya va boshqa yirik sut emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3-4 sm, shakli bargsimon bo'lib, tanasi ning oldingi uchida og'iz so'rg'ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so'rg'ichi joylashgan. Parazit so'rg'ichlar yordamida jigarning o't yo'llari devoriga yopishib oladi. Hazm qilish sistemasi og'iz so'rg'ichi o'rtasida joylashgan og'iz teshigidan boshlanadi. Og'zi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana ko'p yon shoxlarga ajraladi. Jigar qurti o't suyuqligi va qonni so'rib oziqlanadi. Ko'payishi va rivojlanishi.Jigar qurtining urug' langan tu xumlari o't yo'llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi. Ular suv shillig'ining tanasiga kirib oladi va kiprikchala rini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichin kalarda dum paydo bo'lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o'ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va o't yo'llariga yopishib olib parazitlik qiladi. Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo'jayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shillig'i oraliq xo'jayini hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Tasmasimon chuvalchanglar - tanasi kutikula bilan qoplangan; shakli uzun yassi tasmaga o'xshash parazit hayvonlar. Asosiy vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi hisoblanadi. Qoramol tasmasimon chuval ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx