7-sinf Zoologiya 'Butli o'rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Butli o'rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Butli o'rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

18-§. Butli o'rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Butli o'rgimchak o'tlar va butalar orasiga qurgan to'ri ustida hayot kechiradi. Qalin o't-o'lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo'yida uning to'rini ko'p uchratish mumkin. Butli o'rgimchakning tanasi kichik boshko'krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo'linadi. Boshko'krakning ustki tomonida to'rt juft oddiy ko'zchasi, oldingi uchida bo'g'imlarga bo'lingan ikki juft og'iz organlari joylashgan. Og'iz organlarining birinchi jufti ustki jag'lar hisob lanadi. Ustki jag'larning birinchi bo'g'imi harakatchan tirnoqsimon o'simtadan iborat bo'lib, o'ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag'lar ning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag'lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o'ljasi tanasiga tushadi va uni o'ldiradi. O'rgimchaklarning ikkinchi juft og'iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qop langan bo'lib, tuyg'u organi hisob lanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo'g'imlari pastki jag'lar vazifasini bajaradi. Butli o'rgim chakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko'krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoq lari ham joylashgan. Qorin bo'limining hamma bo'g'imlari qo'shilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsi mon oqish dog'i bo'ladi. Shuning uchun unga butli o'rgimchak nomi berilgan. Qorin bo'limining keyingi uchida uch juft o'rgimchak so'gallari (bezlar) bo'lib, ularga o'rgimchak bezlarining yo'llari ochiladi. Tutqich to'ri. O'rgimchak bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuq lik havoda qotib, ipga aylanish xususiyatiga ega. Orqa oyoqlaridagi taroqqa o'xshash tirnoqlari yordamida bir necha bezdan hosil bo'layotgan iplarni o'rgimchak bir-biriga yopishtirib, bitta yaxlit ip hosil qiladi. Urg'ochisi bu iplardan tutqich to'r to'qiydi. Butli o'rgimchakning tutqich to'ri g'ildirak shaklida bo'lib, butalar va baland bo'yli o'tlar orasiga tik tortilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga