7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. 40-§. Toshbaqalar va timsohlar turkumlari Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa - qalqon bilan qoplangan. Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa - qalqon bilan qoplangan. Kosa qovurg'alar, umurtqalar va o'mrov suyaklari bilan tutashgan. Biron xavf tug'ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo'yni uzun, boshi juda harakatchan bo'ladi. Tili yo'g'on va go'shtdor, tishlari rivojlanmagan, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'zi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pog'onasida bo' yin va dum umurtqalari o'zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan Ko'pchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'ladi. Dengiz tosh baqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o'taydi. Mamlakatimizning cho'l va adirlarida O'rta Osiyo toshbaqasi keng tarqalgan. Toshbaqa yovvoyi o'simliklar maysalari bilan oziqlanadi. Ba'zan bug'doy va beda maysalarini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Jazirama yoz boshlanishi bilan adirlarda toshbaqaga oziq bo'ladigan o'simliklar qovjirab qoladi. Toshbaqa esa kuz kirgunicha uyquga ketadi. Kech kuzda havo soviy boshlagach, u pana joylarga bekinib olib, qishki uyquga kiradi. Yevropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Toshbaqa yaxshi suzadi va sho'ng'iydi; suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydi gan terili toshbaqa ning kosasi bo'lmaydi. Tropik dengizlarda hayot kechiradigan dengiz toshbaqasi juda yi rik, og'irligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksi mon oyoqlari yordamida suvda suzadi; faqat tuxum qo'yish uchun qirg'oqqa chiqadi. Timsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o'xshaydi. Tanasining uzunligi 7 m ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx