34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Bakra, ya'ni suyak-tog'ayli baliqlar turkumi. Bu turkumga mansub baliqlarning xiðcha va cho'ziq tanasi bo'ylab orqa, yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan. Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. Og'iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, tog'aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O'q skeleti xordadan iborat bo'lib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. O'rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog'ayli baliqlardan bakra baliq va soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo va Amudaryoning quyi va o'rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, og'irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va uning o'rta oqimlarida soxta kurakburun (qilquyruq) balig'i tarqalgan. Uning uzunligi 75 sm gacha, og'irligi 2 kg gacha boradi, mayda baliqlar va hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadi. Soxta kurakburun noyob tur sifatida muhofaza qilinadi. Losossimonlar turkumi. Losossimonlarga o'q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida yana bitta suzgichi bo'ladi. Ko'pchilik turlari ko'payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o'tadi. Dengizlarda yashovchi losos, keta, bukri baliq (gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va Amudaryoda gulmoyi, ya'ni forel ham tarqalgan. Karpsimonlar turkumi. Tana skeleti suyakdan iborat. Bu turkum ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo'lib, bir necha yuzlab turlarni o'z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan zog'orabaliq ham shu turkumga kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko'llarida uchraydigan mo'ylov baliq; tog' daryolari va soylarda tarqalgan qora baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx