7-sinf Zoologiya 'Suv havzalari va sohil qushlari' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Suv havzalari va sohil qushlari' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Suv havzalari va sohil qushlari' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

47-§. Suv havzalari va sohil qushlari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Suv qushlari. Suv qushlari hayotining ko'p qismini suvda so'zib o'tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan bo'ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o'tkazmaydigan tig'iz qoplag'ichni hosil qiladi. Qushlar dumg'aza bezlari ajratib chiqaradigan yog'simon suyuqlikni tumshug'i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko'pchiligi suvda chaqqon suzadi va sho'ng'iydi, ozig'ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso'naqay harakatlanadi. G'ozsimonlar turkumi. Bu turkumga o'rdaklar, g'ozlar va oqqushlar kiradi. Ular tumshug'ining qirrasi bo'ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tumshug'ining uchi esa kengaygan. G'ozsimonlarning tuxumdan chiqqan jo'jalari urg'ochisi orqasidan ergashib yuradi. O'rdaklar suv tubidagi balchiqni tumshug'idagi muguz plastinkalari orqali sizdirib o'tkazib, undan mayda jonivorlar va o'simliklarni ajratib oladi. O'rta Osiyo suv havzalarida yovvoyi o'rdak, churrak, suqsun uchraydi. Yovvoyi o'rdak erkagining boshi to'q yashil, bo'yni oq; urg'ochisining tumshug'i qizg'ish, dumi oqish bo'ladi. Ular kuzda qishlov joylariga uchib o'ta boshlaydi. O'rdaklar Osiyoning janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, o'lkamiz janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo'yidagi qamishzorlar va qalin o'tlar orasiga uya quradi. Yovvoyi o'rdak, churrak, suqsun va boshqa o'rdaksimon qushlar ovlanadi. Yovvoyi o'rdak xonaki o'rdakning naslboshisi hisoblanadi. G'ozlar o'rdaklarga nisbatan yirikroq; erkagi va urg'ochisi bir xil rangda bo'ladi. Ular o'simliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshug'i chetidagi o'tkir muguz plastinkalari yordamida o'simliklarni qirqib olib yeydi. O'zbekistonda xonaki g'ozlarning ajdodi bo'lgan kulrang g'oz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga