7-sinf Zoologiya 'To'garak chuvalchanglar tipi odam askaridasi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'To'garak chuvalchanglar tipi odam askaridasi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'To'garak chuvalchanglar tipi odam askaridasi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

10-§. To'garak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. To'garak chuvalchanglar tanasi ko'ndalang kesimi to'garak shaklda, tana shakli ipsimon, ichki organlari tana boshlig'ida joylashgan. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladi. Bu tipga odam askaridasi misol bo'ladi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg'ochisining uzunligi 20-40 sm, erkagi 15-25 sm bo'ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o'xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po'st - kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi. Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o'xshaydi. Bu nay og'iz teshigidan boshlanib, qisqa halqum, qizilo'ngach, o'rta ichak hamda keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo'ladi. Tanasi oldingi uchida joylashgan og'iz teshigi uchta lab bilan o'ralgan. Askarida ingichka ichakda hazm bo'layotgan oziqni so'rib oladi. Oziqning hazm bo'lmagan qismi uning analteshigi orqali chiqib ketadi. Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana bo'ylab o'tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing oldingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o'rab olgan. Bu halqadan tana bo'ylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi. Jinsiy sistemasi, ko'payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o'xshash bo'lib, tana bo'shlig'ida buralib joylashgan. Urg'ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug'dondan iborat. Askarida juda serpusht: bir kecha-kunduzda 2400 tagacha tuxum qo'yadi. Urug'langan va qattiq po'st ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga